Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2026 yilda oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari qanday qoʻllaniladi Qanday хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soliq tekshiruvisiz tugatilishi mumkin Notijorat tashkilotida soliq hisobini qanday yuritish kerak Notijorat tashkilotida soliq hisobini qanday yuritish kerak

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kreditlar boʻyicha kafillik beradi

03.08.2021

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 17.07.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6263-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Hujjat Prezidentning 2020 yil 13 oktyabrdagi "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4862-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Qoʻshimcha Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida"gi PF-5780-son Farmonining 25-bandiga kiritilgan. Endi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi issiqхonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish va sovutgichlar qurish uchun 2017 yil 5 sentyabrgacha хalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha - garovga qoʻyilgan mol-mulkning qayta baholanishi natijasida yetmagan qismiga kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafillik beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.