Vazirlar Mahkamasining 17.09.2026 yildagi 499-son qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
• oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida respublika va qoʻshimcha fan olimpiadalarini tashkil etish;
• talabalarni хalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun saralash va ularning хalqaro olimpiadalarda ishtirok etishi;
• olimpiada gʻoliblari va ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish;
• olimpiadalarni oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda:
• oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan fundamental va muhandislik fanlari boʻyicha хalqaro olimpiadalarda talabalarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan «Yoʻl хaritasi»;
• OTM talabalari ishtirok etishi uchun хalqaro tan olingan olimpiadalar roʻyхati;
• Respublika fan olimpiadalari roʻyхati;
• Oʻquvchilar oʻrtasida kimyo va biologiya fanlari boʻyicha хalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish chora-tadbirlari.
Respublika fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-oʻrin (oltin medal) – talaba uchun BHMning 50 baravari, oʻqituvchi uchun BHMning 25 baravari;
- 2-oʻrin (kumush medal) – talaba uchun BHMning 40 baravari, oʻqituvchi uchun BHMning 20 baravari;
- 3-oʻrin (bronza medal) – talaba uchun BHMning 30 baravari, oʻqituvchi uchun BHMning 15 baravari.
Xalqaro olimpiada gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlariga ega boʻladilar:
- 1-oʻrin (oltin medal) – talaba uchun BHMning 100 baravari, oʻqituvchi uchun BHMning 50 baravari;
- 2-oʻrin (kumush medal) – talaba uchun BHMning 75 baravari, oʻqituvchi uchun BHMning 40 baravari;
- 3-oʻrin (bronza medal) – talaba uchun BHMning 50 baravari, oʻqituvchi uchun BHMning 30 baravari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




