Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi

24.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 22 sentyabr kuni “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan respublika byudjetidan 2021 yil 1 oktyabrga qadar:

  • Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasida 1 mlrd soʻmdan kam mablagʻ shakllangan tuman va shaharlar uchun - qoʻshimcha 57,9 mlrd soʻm;
  • “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq boʻlgan tuman va shaharlarga - qoʻshimcha 59,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50%i “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yoʻllarni ta’mirlashga yoʻnaltiriladi.

 

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha ma’lumotlar oʻzlarining rasmiy veb-saytlari va “Ochiq byudjet” aхborot portaliga joylashtirib boriladi. Mazkur qoidani buzish byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish deb baholanadi.

 

Shuningdek, fuqarolarning tashabbusli byudjetlashtirish jarayoniga jalb etilishi darajasi boʻyicha hududlar reytingi joriy etiladi. Har bir mahalla va ovulda “Ochiq byudjet” aхborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga koʻmaklashuvchi mobil guruhlar hamda “Tashabbuskorlar burchagi” tashkil etiladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 23.09.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.