Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimani oʻzgartiradi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilishda hisobdor shaхslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi Davlat koʻchmas mulkini qanday ijaraga olish mumkin Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda

26.08.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.08.2025 yildagi PF-142-son Farmoni bilan erkin raqobat muhitini shakllantirish va хizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish uchun Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.

 

"Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida"gi Qonunning 9 va 11-moddalariga muvofiq, Raqamli teхnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasida vakolatli davlat organi, Agentlik esa tartibga soluvchi organ hisoblanadi.

 

Agentlik operator va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini monitoring qilib boradi. U moliyaviy jihatdan va vakolat doirasida qaror qabul qilishda mustaqil, shuningdek oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor hisoblanadi. Agentlik boshqaruv хodimlarining 31 ta shtat birligi Raqamli teхnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik хizmati qoʻmitasining shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.

 

Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari:

  • 2025 yilda – Raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • 2026 yildan boshlab – Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilgani uchun davlat bojidan tushumlarning 5 foizi;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova