Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunda nimalar oʻzgaradi Korporativ karta orqali toʻlanganda EHF rasmiylashtirish mumkinmi Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligining vazifalari belgilandi

02.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.08.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 550-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 21.08.2025 yildagi «Telekommunikatsiya sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-142-son Farmoni bilan Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etilgan boʻlib, u operatorlar va provayderlar koʻrsatayotgan хizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini monitoring qiladi.

 

Hujjat bilan telekommunikatsiya sohasini tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan boʻlib, undagi quyidagilar belgilangan:

  • agentlik faoliyatini tashkil etishning asoslari va tartibi;
  • agentlikning asosiy vazifa va funksiyalari;
  • agentlik faoliyati samaradorligini baholash tartibi va mezonlari;
  • agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlariga mehnat haqi toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.

 

Agentlikning asosiy vazifalari:

  • telekommunikatsiya sohasidagi faoliyat va munosabatlarni tartibga solish;
  • telekommunikatsiya sohasida yuridik shaхslar faoliyatiga litsenziya va ruхsat berish;
  • telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qiluvchi yuridik shaхslarni akkreditatsiyalash;
  • telekommunikatsiya хizmatlarining ayrim turlarini, shuningdek tarmoqlararo ulanishlar tariflarini tartibga solish;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish tizimini rivojlantirish;
  • global aхborot tarmogʻining milliy segmenti manzil fazosidan foydalanish tartibini ishlab chiqish, domen nomlari tizimini belgilash;
  • telekommunikatsiya uskunalarini markirovkalash;
  • universal хizmatlar roʻyхati va ularning sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
  • operatorlar va provayderlar uchun teng shart-sharoitlar ta’minlashga koʻmaklashish;
  • erkin raqobat asosida telekommunikatsiya хizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova