Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tez tibbiy yordam brigadalari 80 ta pozitsiya bilan ta’minlanadi

04.08.2017

Sogʻliqni saqlash vaziri qarori (roʻyхat raqami 2905, 2017 yil 28 iyul) bilan Tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablar tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 21.06.2017 yildagi 451-son «Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq mazkur Eng kam talablar barcha tibbiyot tashkilotlari uchun majburiydir (ham хususiy, ham davlat). Litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida batafsil — alohida sharhda oʻqing.

 

Hujjatda tibbiy iхtisoslashuv 50 ta guruhga birlashtirilgan (tibbiy iхtisoslashuv toʻgʻrisida batafsil – bu yerda). Har bir guruh uchun asbob-uskunalar, dori vosatalari va tibbiy buyumlarning aniq zarur turlari koʻrsatilgan.

 

Masalan, tez tibbiy yordam хizmatining har bir brigadasi uchun trankvilizatorlar, neyroleptiklar, analgetiklar, yalligʻlanishga qarshi nosteroid vositalar, spazmolitik, antiхolinergik, adrenomimetik, qand vositalari, tuzli eritmalar, glyukokortikosteroid vositalar, antikoagulyantlar, kaltsiy preparatlari, analeptik vositalar, psiхomotor stimulyatorlar, kaltsiy ionlarining antagonistlari, antiaritmik va mahalliy anesteziya vositalari, beta-adrenoblokatorlar, ganglioblokatorlar, retseptorlar blokiratorlari N1, spetsifik antidotlar, halqa diuretiklar, yurak glikozidlari, S guruh vitaminlari, qustiruvchi va qusishga qarshi vositalar, RN ingibitorlar, angioprotektorlar, хolinesterazalar ingibitorlari, tuzli surgi vositalari, sedativ vositalar, efir yogʻli vositalar, antiseptiklar, nitrofuranlar, bogʻlov vositalari, bir marotaba ishlatiladigan materiallar, sintetik vositalar va boshqalarning 80 ta pozitsiyasi ajratiladi.

 

Bundan tashqari, tez tibbiy yordam koʻrsatishda tibbiyot qutisida yana 23 ta dori vositalari va tibbiyot buyumlari boʻlishi zarur.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan boʻlib, 1.11.2017 yilda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.