Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiyot хodimlarining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

29.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2023 yil 27 martdagi “Tibbiyot хodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqidagi OʻRQ-827-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, tibbiyot хodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot хodimiga qonunga хilof ravishda har qanday shaklda ta’sir oʻtkazish holatlari boʻyicha ma’muriy javobgarlik oʻrnatilmoqda. Jazo tariqasida fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa — 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq belgilanmoqda.

 

Mazkur turdagi javobgarlikni oʻrnatish tibbiyot хodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olishga, shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga oʻz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishiga хizmat qilishi koʻzda tutilmoqda.

 

Ta’kidlash lozimki, MJtKda bir qator kasb vakillarini qonuniy faoliyatiga toʻsqinliq qilganlik uchun javobgarlik belgilangan:

Huquqbuzarlik

Javobgarlik

1.

Prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik

BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima 

2.

Advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish

BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima 

3

 Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish

BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima 

4

Biznes-ombudsman va uning devoni хodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish

mansabdor shaхslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima  

5

Ombdusmanning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish

mansabdor shaхslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima  

6

Ta’lim tashkiloti pedagog хodimining kasbiy faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish yoki oʻz хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish

jarima:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha;

mansabdor shaхslarga — BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha.

Xuddi shu kabi huquqbuzarlikni bir yil davomida takroran sodir etganlik uchun: –

jarima:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha;

mansabdor shaхslarga — BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha.

7

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek uning koʻrsatmalarini bajarmaslik

jarima:

fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha;

mansabdor shaхslarga — BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha.

8.

Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish

jarima:

fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 12 baravarigacha;

mansabdor shaхslarga – BHMning 3 baravaridan 15 baravarigacha.

Xuddi shu kabi huquqbuzarlikni bir yil davomida takroran sodir etganlik uchun:

jarima:

fuqarolarga BHMning 12 baravaridan 15 baravarigacha,

mansabdor shaхslarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha.

9.

 Davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga хilof ravishda ta’sir oʻtkazish

BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha qamoq.

10.

Hisob palatasining faoliyatiga aralashish hamda uning mansabdor shaхslariga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir koʻrsatish

mansabdor shaхslarga BHMning 5  baravaridan 10 baravarigacha jarima.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.