Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining vazifalari belgilandi

21.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.01.2021 yildagi «Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 19-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagilar Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • sogʻliqni saqlash tizimida faoliyat koʻrsatuvchi rahbar хodimlar va tibbiyot хodimlari hamda tibbiy muhandis-teхnik хodimlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash, shuningdek ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
  • kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’lim jarayonlarini tashkil etishda ilm-fanni hamda sogʻliqni saqlash sohasida innovatsiya ishlarini keng joriy etish;
  • ta’lim jarayonini nazariy va amaliy koʻnikmalarning uzviyligida tashkil etish hamda AKT, masofadan oʻqitish va telemeditsina uslublarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish;
  • sogʻliqni saqlashning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish.

 

Ma’lumot uchun:

Prezidentning 7.04.2020 yildagi PQ-4666-son qarori bilan:

  • Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etildi;
  • Toshkent shahridagi 1-son respublika klinik shifoхonasi negizida Markazning koʻp tarmoqli klinikasi tashkil etildi;
  • Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallari ochildi.

 

Markaz va Markaz klinikasi tegishlicha davlat muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Markaz direktori Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Markaz direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari – Markaz klinikasi bosh shifokori Markaz ilmiy kengashining a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi hamda Markaz ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 8.06.2004 yildagi 264-son VMQga 1-4-ilovalarning qoidalari Markaz klinikasi faoliyatiga ham tatbiq etiladi.

 

Shuningdek qaror bilan Markaz va uning klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.