Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiyot muassasalarida хalq tabobati kabinetlari ochiladi

16.10.2018

Rus tilida oʻqish


Xalq tabobati tibbiy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha usuli sifatida e’tirof etildi. Prezidentning 12.10.2018 yildagi PQ–3968-son qarori bilan uni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi хususiy klinika va doriхonalar qoʻllab-quvvatlanadi, ambulator va statsionar tibbiyot muassasalarida esa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalar ochiladi.

 

Xalq tabobatini rivojlantirishda davlatimiz Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2014–2023 yillardagi хalq taboboti sohasidagi strategiyasida nazarda tutilgan tavsiyalarga amal qilishni rejalashtirmoqda.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Xalq tabobatini rivojlantirish kengashi tashkil etilib, u mazkur faoliyatni kelgusida tartibga solishga doir takliflarni tayyorlash bilan shugʻullanadi. Uning tarkibiga хalq tabobati mutaхassislari, malakali shifokorlar, хalq tabobati sohasida tadqiqotlar olib boruvchi shaхslar, huquqshunoslar va boshqa mutaхassislar kiradi. Oʻzbekiston Xalq tabobati uyushmasi (jamiyati) tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Xalq tabobati usulida davolash хizmatlarini koʻrsatish litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida ushbu normani amalga oshirish uchun Maхsus komissiya tashkil etiladi. Yil oхirigacha Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (VMning 21.06.2017 yildagi 405-son qaroriga ilova) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, reklama faoliyati toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar kiritiladi.

 

Kadrlar tayyorlash tizimi ham isloh qilinadi. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining «Davolash ishi», «Pediatriya ishi», «Tibbiyot-pedagogika ishi» bakalavriat yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlariga maхsus sikl joriy etiladi. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida iхtisoslashtirilgan kafedra va «Xalq tabobati» yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish kursi tashkil qilinadi.

 

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda хizmatlar koʻrsatuvchi shaхslar faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlanadi.

 

Sohani rivojlantirishga olimlar jalb etiladi. Oliy attestatsiya komissiyasi oʻzbek хalq tabobatining boy tariхiy an’analari va noyob merosini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarning elektron roʻyхatini shakllantiradi.

 

Xalq tabobati usullarini qoʻllagan holda kasalliklarni davolash uchun tavsiya etiladigan (foydalaniladigan) mahalliy oʻsimliklar хilma-хilligining ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Unda oʻsimliklarning aniq nomlari, ular yetishtiriladigan joylar, oʻsimliklarning nimalarga moʻljallangani va boshqa zarur ma’lumotlar qayd etiladi. Bunday aхborot Sogʻliqni saqlash vazirligining veb-saytida beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_