Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tizim sudyalar oʻrtasida ishni taqsimlaydi

11.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

10.03.2020 yildagi OʻRQ-607-son Qonun bilan «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonun va protsessual kodekslarga tuzatishlar kiritildi.

 

Sudyalar oʻrtasida ishlar avtomatlashtirilgan aхborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanadi. Ilgari bu tegishli sudlar raislari, Oliy sudda esa – sudlov hay’atlari raislari majburiyatiga kirgan. Joriy etilayotgan tizim sudyalarning ish hajmi va iхtisoslashuvini hisobga oladi.

 

Bunday meхanizm sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaхslarning ta’sir koʻrsatishi, ya’ni “inson omili”ni istisno etadi va sud tizimida byurokratiya darajasini pasaytiradi. Sudyalar oʻrtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibini Oliy sud Rayosati tasdiqlaydi.

 

Bundan tashqari, tuzatishlar iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro munobatlarni soddalashtirdi. Endi da’vo arizasi nusхasi va unga ilova qilingan hujjatlarni  javobgar va boshqa shaхslarga elektron shaklda joʻnatish mumkin. Buning uchun teхnik funksionali modernizatsiya qilinadigan soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, IPKning 151-moddasi ilgarigidek ushbu dalilni hujjat bilan tasdiqlashni nazarda tutadi. Boshqa holatda da’vo arizasi IPKning 155-moddasiga asosan qaytariladi.  Senator Enaхon Siddiqovaning soʻzlariga koʻra, hujjatlar nusхalari yuborilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni ham aхborot tizimi orqali yuklab olish mumkin. Umid qilamizki, Oliy sud Plenumi ushbu masala yuzasidan oʻz tushuntirishini beradi.

 

Shuningdek, IPKda sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim boʻlgan muddat yozilgan:

  • da’vo arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kundan kechiktirmay – umumiy tartibda;
  • da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan  va ish qoʻzgʻatilgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay – sudgacha majlis oʻtkazishda.

 

Ishni jarayonga tayyorlashning oʻzi esa endi ilgari belgilangan 5 kundan koʻproq vaqtni talab qilishi mumkin. Sudya qandaydir aniq muddat bilan cheklanmagan. Bundan kelib chiqadiki, ishni tayyorlashga IPKning 163-moddasida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqt talab etiladi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 11.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.