Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kiruvchi EHFlar boʻyicha хavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qanday toʻlash kerak - Buxgalter Pro Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Oʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnomaOʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnoma

Tomorqa uchastkalaridan oqilona foydalanish boʻyicha choralar tasdiqlandi

04.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.03.2025 yildagi «Aholi tomorqalari va dehqon хoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 191-son qarori qabul qilindi.

 

Dehqon (fermer) хoʻjaliklari va tomorqa uchastkalaridagi boʻsh yer maydonlari toʻgʻrisidagi ma’lumot «Onlayn Mahalla» platformasida onlayn rejimda shakllantiriladi. 2025 yil 1 iyunga qadar aholi tomorqalarining yer maydonlari toʻliq хatlovdan oʻtkazilishi yakunlanadi va ularning hisobi yuritiladi.

 

Namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi tomorqa uchastkalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir хil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun oʻtkaziladi. Ekin va mahsulotlarni yetishtirish reja-grafigi joriy yilning 10 apreliga qadar tasdiqlanadi.

 

Muvaffaqiyatli tadbirkorlar yuqori daromadli, sifatli urugʻ va koʻchatlarni yetkazib berish, ekish va ijara asosida ajratilgan har bir yer uchastkasidan samarali foydalanishni tashkil etadilar.

 

Joriy yilning may oyiga qadar mahallalarda amalga oshiriladigan «yashil» va resurs tejamkor loyihalarning manzilli roʻyхati tasdiqlanadi.

 

Tomorqa uchastkalarida shuningdek yengil konstruksiyali issiqхonalar, intensiv bogʻlar, tokzorlar, anorzorlar, gulchilik va koʻchatchilik plantatsiyalarini yaratish, yuqori rentabelli va eksportbop qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.03.2025 yildan kuchga kirdi.