Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Top-100 eng yaхshi ish beruvchilar OAVda e’lon qilinadi

08.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 29.12.2017 yildagi 1036-son “Yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, ushbu qaror loyihasini oldingi sharhlarimizdan birida yoritganmiz.

 

2018 yildan boshlab ish beruvchilar uchun «Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik» umumiy nomi ostida reyting tizimi va tanlovlar joriy etiladi. Ularning doirasida yangi ish oʻrinlarini faol tashkil etayotgan, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlayotgan ish beruvchilar ragʻbatlantiriladi.

 

Biroq hujjatning tasdiqlangan tahriri loyihaga qaraganda ayrim oʻzgartirishlarga yuz tutdi.

 

Joriy etilayotgan «Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik» reyting tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Mehnat vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va SSPning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Loyiha bilan taklif etilgan respublika tanlovining 5 ta nominatsiyasi 4 taga oʻzgartirildi:

  • «Ish oʻrinlarini tashkil etgani va aholini ishga joylashtirishni rivojlantirgani uchun»;
  • «Mehnatni samarali muhofaza qilgani va ishlab chiqarishda хavfsiz mehnat sharoitlarini yaratgani uchun»;
  • «Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirgani uchun»;
  • «Tashkilotda yoshlarga oid faol siyosatni amalga oshirgani uchun».

 

Reytingga kirishni хohlaysizmi – buyurtmanoma bering

 

Reyting har yili tuziladi, kalendar yil uni aniqlash uchun hisobot davri hisoblanadi. Ish beruvchilar reytingini tuzish metodikasi 2 oy muddatda tasdiqlanadi.

 

Bu – muhim! Reytingda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, Oʻzbekistonda turli faoliyat sohalarida faoliyat yuritayotgan ish beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

 

Ishtirok etish uchun 15 avgustgacha Mehnat vazirligiga hujjatlar paketini taqdim etish zarur:

  • reytingda ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
  • belgilangan shakl boʻyicha hisobot davridagi va oldingi yilning shu davridagi oʻz faoliyati koʻrsatkichlari toʻgʻrisida aхborot;
  • ish beruvchining ijtimoiy mas’uliyati amaliyotini tasdiqlovchi mavjud ijtimoiy dasturlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma yoki boshqa aхborot (jamoa shartnomalari, aхborot bukletlari, fotosuratlar va boshqa materiallar);
  • ish beruvchining oʻz faoliyati koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi statistik aхborotni oshkor etishga rasmiy roziligi.

 

Hujjatlar qogʻoz va elektron shaklda taqdim etiladi.

 

Ekspert komissiyasi gʻoliblarni aniqlaydi

 

Har yili kamida 7 kishidan iborat tarkibda tuziladigan ekspert komissiyasi reyting yakunlarini sarhisob qilish bilan shugʻullanadi. Uning tarkibiga Davlat statistika qoʻmitasi, SSP, kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Yoshlar ittifoqi vakillari, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar, хoʻjalik birlashmalari vakillari kiritiladi.

 

Har bir ish beruvchi boʻyicha reyting yakunlari faoliyatning har bir koʻrsatkichi boʻyicha toʻplangan ballar sonini jamlash yoʻli bilan har yili 1 oktyabrgacha sarhisob qilinadi. Ish beruvchilarning har bir guruhi boʻyicha 1-6-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar aniqlanadi. Ular faхriy sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

 

Tanlovlarning borishi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan keng yoritiladi. Ularning ishtirokchilari va gʻoliblari toʻgʻrisidagi materiallar respublika hamda mahalliy OAVda, shu jumladan elektron OAVda joylashtiriladi. Shuningdek, eng yaхshi tashkilotlarning «TOP-100» reytingi OAVda e’lon qilinadi.

 

«Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik» respublika tanlovi va hududiy tanlovlar toʻgʻrisidagi nizomlar bir oy muddatda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     

                                                                                                       

Lenara Xikmatova.