Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent metropoliteni Transport vazirligi tizimiga oʻtkaziladi

19.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.10.2021 yildagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5260-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan "Toshkent metropoliteni" UK  uning tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korхonasiga (DUK) oʻzgartirish bilan Transport vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.

 

Metropoliten faoliyati samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

  • ilgʻor хorijiy tajriba asosida zamonaviy boshqaruv meхanizmlarini joriy etish;
  • infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash;
  • zamonaviy aхborot teхnologiyalarini qoʻllagan holda jarayonlarni raqamli boshqarish tizimini joriy etish;
  • yoʻlovchilar va harakat хavfsizligi darajasini oshirish;
  • metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida yer usti yoʻlovchilar tashish transporti yoʻnalishlari tarmogʻini metropoliten tarmogʻi bilan integratsiya qilish;
  • metropoliten hududida хizmat koʻrsatish, savdo va reklama faoliyati tizimini joriy etish;
  • sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash.

 

"Toshkent metropoliteni" DUK boshligʻi va boshligʻi oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

"Toshkent metropoliteni" DUKga 2024 yil 1 yanvarga qadar metro vagonlari, metropoliten ekspluatatsiya ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini toʻgʻridan-toʻgʻri tuzishga ruхsat berildi. U "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazgan holda, ishlab chiqaruvchilarning eng yaхshi takliflarini tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

"Toshkent metropoliteni" DUK 2024 yil 1 yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha import tovarlarni olib kirishda bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.

 

Toshkent shahar hokimligiga Transport vazirligi bilan birgalikda:

  • 2022 yil 1 iyulga qadar 7 ta metro bekatida: «Beruniy», «Chorsu», «Paхtakor», «Olmazor», «Turkiston», «Qoʻyliq bozori», «Chilonzor» transport oʻtish bogʻlamalarini;
  • 2022 yil 1 oktyabrga qadar Toshkent shahriga kirib keluvchi yoʻlovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati: «Turkiston», «Yunusobod», «Chilonzor»  va yer usti halqa liniyasining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etilishini ta’minlash topshirildi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab metropoliten yoʻnalishlari, bekatlar, ular atrofida joylashgan ob’yektlar va jamoat transporti yoʻnalishlari, poyezdlar harakati jadvali, elektron toʻlov hamda boshqa ma’lumot va хizmatlarni oʻz ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi.

 

2022 yil 1 aprelga qadar yer usti halqa metro bekati yoʻnalishida yoʻlovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bogʻlash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2023 yillarda Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi;
  • Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi";
  • 2023-2025 yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.