Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahri Yangihayot tumanining yurisdiksiya hududi belgilandi

25.01.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.01.2021 yildagi «Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6143-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarining oʻzgartirilishi hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudi tashkil etiladi.

 

Yangihayot tumani quyidagi sudlarning yurisdiksiya hududiga kiritiladi:

  • Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudi;
  • Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi;
  • Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Sirgʻali, Mirzo Ulugʻbek tumani (Toshkent shahri) hamda Kattaqoʻrgʻon shahar (Samarqand viloyati) sudlarining bittadan sudya va bittadan sudya yordamchisi shtat birliklari Jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.