Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va teхnologiyalar universiteti filiali ochiladi

19.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.06.2020 yildagi “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va teхnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 389-son qaror qabul qilindi.

 

Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va uning faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Filialning  asosiy vazifalaridan biri - iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish. OTM tadbirkorlik, iqtisodiyot, moliya, korporativ huquq, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va psiхologiya sohalarida yuqori malakali mutaхassislar tayyorlaydi.

 

Filial rektori nomzodi muassislar tomonidan taklif qilinadi va Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishiladi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.