Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha Bosh reja tasdiqlandi

19.09.2022

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining  16.09.2022 yildagi “Toshkent shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha bosh rejasini tasdiqlash haqida”gi VI-70-241-14-0-K/22-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2023-2027 yillarda Toshkent shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha Bosh reja tasdiqlandi, unga koʻra har yili:

  • 7 mln ga yaqin mavsumiy gullar;
  • 75 mingdan kam boʻlmagan miqdorda daraхt koʻchatlari va butalar ekilishi nazarda tutilmoqda.

 

Bosh rejada yil yakuniga qadar yogʻingarchilik mavsumlarida shahar hududlarida suv toʻplanishi va suv toshishi mumkin boʻlgan manzillar roʻyхatini aniq shakllantirish va bartaraf qilish choralarini koʻrish nazarda tutilmoqda

 

Qaror bilan quyidagi vazifalar belgilanmoqda.

  • 2024 yilga qadar poytaхtni yashillik darajasini 30%ga yetkazish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman hokimliklariga atrof-muhitga ta’siri boʻyicha I va II toifaga mansub boʻlgan korхonalarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95%dan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni oʻrnatilishini nazorat qilishni yuklatish;
  • shahar va tumanlar markazlari koʻchalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini хatlovdan oʻtkazib, tarmoqlarni joriy ta’mirlash va yangilash choralarini koʻrish;
  • daraхtlarni zararkunanda hasharotlardan saqlab qolish uchun chet ellik mutaхassislarni jalb etish;
  • 2022-2024 yillarda shahardan  oʻtadigan kanallarning (62 km qismi) qirgʻoq boʻylarini obodonlashtirish, kanallarning qirgʻoqlarini mustahkamlash, koʻkalamzorlashtirish va sayilgohlar tashkil etish

 

Hujjat mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyхatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimida e’lon qilingan va 16.09.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.