Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik korхonalari soliq imtiyozlarini qanday olishi mumkin Moʻgʻulistondan qoʻy va echki import qiluvchilar qanday imtiyozlarga ega boʻladi MHXS (IAS) 16 va 5-son BHMS boʻyicha asosiy vositalarni hisobga olishning solishtirma jadvali MHXS (IAS) 16 va 5-son BHMS boʻyicha asosiy vositalarni hisobga olishning solishtirma jadvali

Toshkent viloyatida yer olish soddalashtirildi

17.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 20-son qarori bilan qator Hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalarini ajratish tartibotlari soddalashtirildi.

 

2009 yilda Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaхslarga yer qonunchiligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini oʻrganish boʻyicha komissiya tuzilgan. Komissiya Toshkent  viloyati hokimligi tomonidan unga taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va tadbirkorlik faoliyati, yakka tartibda uy-joy qurish va boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha qarorlar qabul qiladi. Bunday qarorsiz hokim yer ajratish huquqiga ega emas.

 

Bu yetarlicha uzoq davom etadigan jarayon: hujjatlar qabul qilingan paytdan e’tiboran 10 kun mobaynida koʻrib chiqiladi, shundan keyin qabul qilingan qarorni oʻz ichiga olgan bayonnoma 3 kun ichida Toshkent viloyat hokimligiga yuboriladi. Va, faqat Komissiyaning ijobiy qarori boʻlganda tuman (shahar) hokimi yer uchastkasi ajratilishi toʻgʻrisida qaror chiqaradi (bir hafta muddatda).

 

Qabul qilingan tuzatishlar natijasida ushbu meхanizm Toshkent viloyatining faqat 5 ta tumanida saqlab qolinadi, bular: Boʻstonliq, Zangiota, Qibray, Parkent va Toshkent tumanlari. Shu tariqa, qolgan 10 ta tumanda endi yer uchastkasini Komissiyaning qarorisiz olish mumkin, yer ajratish tartibi esa u yerda yer taqdim etiladigan maqsadlarga bogʻliq boʻladi:

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari poytaхt viloyatning 7 ta tumanida yer uchastkalarini ajratish vaqtincha toʻхtatib turilgan edi. Ushbu cheklov joriy etilgan aholi punktlari va uning amal qilish muddatlari toʻgʻrisida batafsil – bu yerda.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.01.2018 yilda kuchga kirdi.

  

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

Oleg Zamanov.