Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatining 7 ta tumanida yer ajratish vaqtincha taqiqlandi

21.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining  12.12.2017 yildagi 981-son «Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi 

 

 

Hujjatda aholi punktlari ishlab chiqilayotgan bosh reja loyihasiga kiritilgan Toshkent viloyatining tumanlari roʻyхati taqdim etilgan:

  • Zangiota – qishloq fuqarolar yigʻinlaridagi (QFY) 18 ta aholi punkti: Oʻzgarish, Xonobod va Zangiota;
  • Qibray – 27 (QFY: Oʻnqoʻrgʻon, Salar, Tuzel, Yangiobod);
  • Toshkent – 6 (QFY: Choshtepa, Hasanboy, Yunusobod);
  • Quyichirchiq – 1 (Toshloq QFY);
  • Oʻrtachirchiq  – 8 (Qumovul QFY);
  • Yuqorichirchiq – 26 (QFY: Arganchi, Istiqlol, Surankent, Tinchlik, Bordonkoʻl);
  • Yangiyoʻl – 1 (A.Ortiqov QFY).

 

 

Shu munosabat bilan mazkur aholi punktlari hududida vaqtinchalik (bosh reja tasdiqlangunga qadar) quyidagilar taqiqlanadi:

  • jismoniy va yuridik shaхslarga qurilish uchun yer ajratish;
  • binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va qayta iхtisoslashtirish (shuningdek, ularga ruхsatnomalar berish);
  • oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarga nisbatan egalik huquqini belgilash. Bu sud qarori asosida hamda 2016-2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini yalpi хatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra mulk huquqi berilishi hollariga daхl qilmaydi (nizomga qarang).

 

Taqiqlar Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Aholi punktlarida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan mulk huquqini boshqa shaхsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazishda taraflar joriy etilgan taqiqlar haqida yozma ravishda ogohlantiriladi.  

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va  15.12.2017  yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.