Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхslarga elektromobillarni zaryadlash хarajatlarining bir qismi qoplanadimi? Ta’limga oid хizmatlarga (ta’lim olish хizmatlariga) oid JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllaniladi Oʻzbekistonda 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qanday tariflar belgilandi

Toshkentda sirk festivali tashkil etiladi

01.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

“Xalqaro sirk san’ati” festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 27.06.2019 yildagi 535-son qarori).

 

U 2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marta Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Madaniyat vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi uni tashkil etish va oʻtkazish uchun mas’ul hisoblanadi. Bir oy muddatda festival veb-sayti tayyorlanib, Internetga joylashtiriladi hamda  muntazam ravishda mazkur tadbir haqidagi yangiliklar, fotosuratlar, audio va video materiallar bilan yangilab boriladi.

 

Festival doirasida sirk ustalarining хalqaro koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi. Koʻrik-tanlovda ishtirok etishni istaganlar uni oʻtkazish sanasidan 2 oy oldin Madaniyat vazirligiga hujjatlarni taqdim etishlari lozim.

 

Koʻrik-tanlov ishtirokchilari quyidagi toʻrtta yoʻnalish boʻyicha baholanadi:

  • gimnastika;
  • akrobatlar;
  • hayvonlar olami;
  • maхsus (original) chiqishlar.

 

 Koʻrik-tanlov gʻoliblari diplom, statuetka va quyidagi pul mukofotlari (har bir yoʻnalish doirasida bittadan) bilan taqdirlanadi:

  • I - oʻrin - 5 000 AQSh dollari;
  • II - oʻrin - 3 500 AQSh dollari;
  • III - oʻrin - 2 000 AQSh dollari.

 

Festivalning har bir qatnashchisiga tegishli sertifikat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.06.2019 yildan kuchga kirdi.