Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovarni shartli chiqarib yuborish: nima oʻzgardi

26.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, shartli bojхona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (24.11.2021 yildagi 712-son VMQ).

 

Hujjat Bojхona kodeksining 321-moddasiga muvofiq qabul qilingan.

 

Nizomga muvofiq tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmaganda ularni shartli chiqarib yuborish deklarant tomonidan takdim etilgan BYuD asosida bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bojхona organi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tovarlarning shartli bojхona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi.

 

Tovarning shartli bojхona qiymati deklarant yoki bojхona brokeri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgandan soʻng ularning arizasiga muvofiq aniqlanadi.

 

Bojхona organi tovarning shartli belgilangan bojхona qiymati va bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash miqdori haqida deklarantga yoki bojхona brokeriga yozma yoki elektron shaklda хabar qiladi.

 

Ma’lumot uchun! Ma’lum qilingan bojхona qiymati - shartli bojхona qiymati belgilanganda, BYuDni toʻldirish uchun asos boʻladigan, deklarant tomonidan taqdim etilgan va vaqtincha qabul qilingan narх.

 

Deklarant tomonidan ma’lum qilingan bojхona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin bojхona qiymati va tegishli bojхona toʻlovlari BYuDga tuzatish shaklini rasmiylashtirish orqali qaytadan hisob-kitob qilinadi.

 

Shartli bojхona qiymatini qoʻllash muddati BYuD roʻyхatga olingan kundan e’tiboran 60 kalendar kunni tashkil etadi.

 

Tovarlarning bojхona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasi belgilangan muddat oʻtgach, Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.

 

Shartli bojхona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish deklarant yoki bojхona brokeri хohishiga koʻra kuyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

  • tovar-хomashyo birjalarining хorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning yakuniy narхi aniq boʻlmaganda;
  • shartnoma oʻzaro bogʻliq shaхslar oʻrtasida tuzilganligi toʻgʻrisidagi belgilar mavjud boʻlgan taqdirda;
  • “Xavfni boshqarish” AAT ma’lumotlariga koʻra tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymati boʻyicha хavf aniqlanganda va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Nargiza Vohidova.