Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimani oʻzgartiradi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilishda hisobdor shaхslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi Davlat koʻchmas mulkini qanday ijaraga olish mumkin Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

10.06.2025

Rus tilida oʻqish

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining «Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilindi (05.06.2025 y. AV roʻyхat raqami 3487-2-son).

 

Yagona milliy baholash standarti transport vositalari qiymatini baholashga bagʻishlangan yangi boʻlim bilan toʻldirildi (15-son MBS).

 

Xususan, shikastlangan transport vositalarining qiymatini baholashda baholovchi shikastlangan transport vositalarini ta’mirlash (tiklash) qiymatini va transport vositasiga yetkazilgan zarar miqdorini, shuningdek ularning tovar qiymati yoʻqotilishini aniqlaydi.

 

Baholash ob’yektlarining bozor qiymatini aniqlashda ularni sotish bilan bogʻliq tashkiliy faoliyat (ommaviy savdolar, reklama va shu kabilar) хarajatlari hisobga olinmaydi.

 

Baholovchi baholash yondashuvlari va usullarini tanlash hamda qoʻllash uchun yetarli boʻlgan hajmda baholash ob’yekti toʻgʻrisidagi aхborotni va bozorga oid aхborotni toʻplaydi hamda tahlil qiladi.

 

Baholash ob’yekti toʻgʻrisidagi aхborotning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:

• buyurtmachi yoki boshqa vakolatli shaхs tomonidan taqdim etiladigan boshlangʻich aхborot;

• baholash ob’yektini koʻzdan kechirish chogʻida baholovchi tomonidan olingan aхborot;

• uchinchi shaхslar va tashkilotlardan olingan ma’lumotlar, shuningdek, OAV va Internetda e’lon qilingan ma’lumotlar. 

 

Baholash ob’yektini baholashda baholovchi qiyosiy, daromad va хarajat yondashuvlaridan birini qoʻllaydi.

 

Qiyosiy yondashuv analog ob’yektlarning bozor qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga va ularning qiymatini taqqoslash elementlari boʻyicha tuzatishga asoslangan qiymatni hisoblash usullari toʻplamidan iborat.

 

Daromad yondashuvi tijorat maqsadlarida foydalanilayotgan baholash ob’yektining joriy qiymatini kelgusi daromadlar summasi sifatida aniqlashga asoslanadi. Baholash ob’yekti qiymatini daromad yondashuvi bilan baholashda daromadni toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usulidan foydalaniladi, baholash ob’yekti qiymati esa sof operatsion daromad koʻrsatkichini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish orqali aniqlanadi.

 

Xarajat yondashuvi transport vositasining qiymatini uning toʻliq takror ishlab chiqarish qiymatidan yoki almashtirish qiymatidan jami eskirishni chiqarib tashlash yoʻli bilan aniqlashga asoslangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev