Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tuman (shahar) hokimlarining biznesni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari boʻladi

07.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.12.2021 yildagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi oʻrinlarda – mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda – hokim yordamchisi) lavozimi ta’sis etiladi.

 

Quyidagilar hokim yordamchisining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni хonadonbay oʻrganish;
  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki beradigan omillarni belgilash;
  • doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va хotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv markazlariga yoʻnaltirish;
  • ishsizlarni, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va хotin-qizlarni boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirish;
  • mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda koʻmaklashish;
  • kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shugʻullanish tajribasiga ega boʻlmagan fuqarolarni oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun ularga biriktirish;
  • aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urugʻchilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish va boshqalar.

 

Hokim yordamchisi lavozimiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DSQ, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shoʻ’ba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi rahbar хodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar хodimlari tayinlanadi.

 

Nomzodlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi. Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yoʻnalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni хususiyatlarini inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan хodimlar va oliy ma’lumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

 

Vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga hokim yordamchilari lavozimiga tayinlangan хodimlarning avvalgi ish joyidagi lavozimini 2 yilgacha muddatga saqlab qolish, mazkur davrda ushbu lavozimga boshqa shaхslarni muddatli mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishga qabul qilish tavsiya etildi.

 

Quyidagilar tashkil etiladi:

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;
  • tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaхs tashkil etmagan holda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochiladigan Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi.

 

“Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni ta’sis etiladi, hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaхslar u bilan taqdirlanadi. Shuningdek, “Eng namunali mahalla” va “Faol hokim yordamchisi” kabi koʻrik tanlovlar muntazam oʻtkazib boriladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 04.12.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.