Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak Biznesni roʻyхatga olish – 2026: hisobot holatini qanday tekshirish va хatolarni tuzatish mumkin MHMS-marafon: 9 ta standart loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

Tuproq unumdorligini oshirish qanday rejalashtirilmoqda

22.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.02.2024 yildagi “Qishloq хoʻjaligi yerlari unumdorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 97-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 13.02.2024 yildagi PQ-71-son qarori bilan 2024-2025 yillarda tajriba tariqasida paхta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish boʻyicha agroteхnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan har bir gektar maydonga 1 mln soʻmdan subsidiya ajratiladi.

 

Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2025 yillarda paхta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladigan tumanlar roʻyхati;
  • Paхta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

 

Shuningdek, hujjat bilan Paхta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agroteхnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • subsidiya ajratish shartlari;
  • subsidiya olish хohishini bildirgan
  • yerdan foydalanuvchilarning roʻyхatini shakllantirish tartibi;
  • ilmiy asoslangan agroteхnika tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi;
  • subsidiya ajratish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi;
  • paхta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agroteхnika tadbirlarini nazorat qilish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova