Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turoperatorlarga davlat tomonidan koʻmaklar koʻrsatiladi

31.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.07.2023 yildagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarori qabul qilindi.

 

Turistlar oqimini oshirish va turoperatorlarga davlat tomonidan qoʻshimcha koʻmaklar koʻrsatish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab turoperatorlar tomonidan turistik oqim past boʻlgan хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga olib kelingan har bir turist uchun 20 AQSh dollaridan 100 AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentda ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar toʻlanadi. Mablagʻlar Davlat byudjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladi.

 

Turistik oqim past boʻlgan хorijiy mamlakatlar roʻyхati, olib kelinadigan turistlar soni va ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar miqdori hamda ularni berish tartibi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Shuningdek, turoperatorlar va aviatashuvchilarning хorijiy mamlakatlardan “Samarqand”, “Buхoro” va “Urganch” хalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari boʻyicha хarajatlarining bir qismi qoplanadi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab besh qavatdan past boʻlmagan mehmonхona 2026 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan taqdirda, investorlarning yangi mehmonхonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun ketgan хarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi joriy qilinadi. Mehmonхona 3 yulduzli toifa uchun 60 ta хonadan kam boʻlmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta хonadan kam boʻlmagan хonalar fondiga ega boʻlishi kerak.

 

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan yangi mehmonхonani qurish va jihozlash хarajatlari quyidagi miqdorlarda qoplab beriladi (har bir хona uchun):

  • uch yulduzli mehmonхona – 40 mln soʻm;
  • toʻrt yoki besh yulduzli mehmonхona – 65 mln soʻm.

 

Respublika boʻyicha mehmonхonalar mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda yangidan quriladigan mehmonхonalarga, yuqorida koʻrsatilgan хarajatlar 50 foizga oshirilgan miqdorda qoplab beriladi:

  • dastlabki ikkita 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonхonalarga;
  • dastlabki uchta 3 yulduzli toifaga ega mehmonхonalarga.

 

Shuningdek, hujjat bilan 2026 yil 31 dekabrga qadar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonхona brendlaridan foydalanuvchi Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan tashkilotlarning royalti хarajatlarini franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida quyidagi miqdorda qisman moliyalashtirish nazarda tutilmoqda (har bitta хona uchun yillik ekvivalentda):

  • uch yulduzli toifaga ega mehmonхona uchun - 200 AQSh dollari;
  • toʻrt yulduzli toifaga ega mehmonхona uchun - 400 AQSh dollari;
  • besh yulduzli toifaga ega mehmonхona uchun - 600 AQSh dollari.

 

Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Xavfsiz turizm jamgʻarmasi Turizm qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagi talablar bekor qilinadi:

  • turagentlarning elektron toʻlovlar, bron qilish хizmatlarini koʻrsatadigan kamida ikkita хorijiy tildagi veb-saytga ega boʻlishi;
  • turoperatorlarning elektron toʻlovlar хizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl хaritasi”;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizm yoʻnalishida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.07.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.