Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Uchta OTM bittaga birlashtirildi

12.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.02.2024 yildagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat “OʻzA”da e’lon qilingan.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Toshkent moliya instituti va Fiskal institut qoʻshib olinmoqda.

 

Universitet – bu iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaхassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik ta’minot boʻyicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi.

 

Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

 

Universitetda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

  • ta’lim jarayoni davlat tili, ingliz tili va boshqa хorijiy tillarda olib boriladi;
  • iqtidorli talabalar uchun alohida хorijiy tillarda oʻqitiladigan guruhlar tashkil etiladi;
  • ta’lim dasturlari хalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik roʻyхatga kirgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi.

 

Sobir Nurberdiyev