Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Urgut» EIZ hududi kengaytiriladi

18.03.2021

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 13.03.2021 yildagi «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 133-son qarorida nazarda tutilgan.

 

«Urgut» EIZ hududi quyidagi yer maydonlari ajratilishi hisobiga kengaytiriladi:

  • Samarqand viloyati Urgut tumani «Oʻramas» mavzesi hududidan 50 gektar (shundan 27,7 gektari noqulay relyefda joylashgan tuproq unumdorligi jihatidan 56,3 ball bonitet boʻlgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari);
  • Samarqand shahri Xishrav tumani hududida joylashgan 294 gektar (shundan 33,6 gektari qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari).

 

Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim ahamiyatiga ega ekanligini inobatga olgan holda, yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari istisno tariqasida undirilmaydi.

 

Hujjat bilan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

 

Bunda «Urgut» EIZ ishtirokchilari uchun barpo qilingan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga «Urgut» EIZ hududidan tashqarida boʻlgan iste’molchilarning ulanishi qat’iyan man etilishi belgilandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2017 yildagi «Urgut», «Gʻijduvon», «Qoʻqon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-4931-son Farmoniga muvofiq «Urgut» EIZ tashkil etilgan.

 

«Urgut» EIZ uchun Samarqand viloyatining Urgut, Pastdargʻom, Nurobod tumanlari hamda Samarqand shahridan jami 918,0 gektar yer maydoni ajratildi, shundan: 278,7 gektar yer maydonida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, 207,2 gektar yer maydonida kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma ob’yektlari joylashtiriladi, 173,1 gektar yer maydonida – muhofaza zonalarini hamda 259,0 gektar yer maydonida istiqbolli investitsiya loyihalarini joylashtirish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.