Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻrmon fondi yerlari auksion orqali ijaraga beriladi

08.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.02.2021 yildagi «Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (13.12.2019 yildagi 993-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 50-son qarori qabul qilindi.

 

Birinchidan, oʻrmon fondining foydalanilayotgan, shu jumladan foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berish huquqi auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda qoʻshimcha kiritilishicha, ushbu yerlar jismoniy va yuridik shaхslarga investitsiya shartnomasi yoki DXSh asosida 3 yildan kam boʻlmagan va 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.

 

Ikkinchidan, endi oʻrmon fondi yerlarining ijara shartnomalari qabul qilingan namunaviy shartnomaga muvofiq tuziladi.

 

Uchinchidan, ijara toʻlovining stavkasi oʻrmon fondi uchastkasining 1 gektari uchun 10 BHMni tashkil etadi (ilgari – eng kam stavka 20 BHMni tashkil etgan).

 

Toʻrtinchidan, ijara toʻlovidan tushadigan mablagʻlarning alohida hisobi yuritiladi hamda ular oʻrmonzorlar barpo etish tadbirlariga yoʻnaltiriladi.

 

Ushbu qaror 29.09.2020 yildagi «Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-639-son Qonunga muvofiq qabul qilingan.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.02.2021 yildan kuchga kirdi.



Nargiza Vo
hidova.