Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

$100 mln – koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun

08.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 31.08.2021 yildagi «Yevropa investitsiya banki ishtirokida «Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik sub’yektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 554-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4691-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Yevropa investitsiya banki (YeIB) Direktorlar kengashi Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan 100 mln AQSh dollarigacha revolver shaklida kredit liniyasini taqdim etishni ma’qulladi.

 

Quyidagi tijorat banklariga kredit liniyalari taqdim etiladi:

  • «Oʻzsanoatqurilishbank» ATBga - 30 mln AQSh dollari;
  • «Mikrokreditbank» ATBga - 35 mln AQSh dollari;
  • «Qishloq qurilish bank» ATBga - 35 mln AQSh dollari.

 

Bitta investitsiya loyihasi uchun YeIB mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan kreditlarning maksimal qiymati 12,5 mln yevro ekvivalentiga teng boʻlgan miqdordan oshirilmaydi hamda loyihaning maksimal qiymati 25 mln yevro ekvivalentidan oshmaydi.

 

Ishtirok etuvchi tijorat banklariga taqdim etilayotgan YeIB kredit liniyasining kamida 30%i YeIB mezonlariga koʻra ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Tijorat banklari ijro etuvchi organlar boʻlib, qayta moliyalashtirilgan YeIB kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javob beradi. Kreditni qaytarish, foizlar va boshqa хarajatlarni toʻlash qayta moliyalashtirilgan kredit miqdorida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi loyihani muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

 

YeIBning loyiha boʻyicha kreditini jalb qilish grafigi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.