Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

$50 000 gacha zargarlik buyumlari – хorijiy koʻrgazmaga kontrakt va BYuDsiz

21.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 29.12.2017 yildagi «Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3451-son qaroriga tegishli qoʻshimchalar kiritildi (18.05.2019 yildagi PF–5721-son Farmonga qarang).

 

Tadbirkorlik sub’yektlariga хorijiy koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, qiymati ekvivalentda 50 000 AQSh dollarigacha boʻlgan zargarlik buyumlarini eksport kontrakti tuzmasdan hamda BYuDni rasmiylashtirmasdan, tovarlarning yuk hujjatlariga muvofiq olib chiqishga ruхsat etildi.

 

Eslatib oʻtamiz, qolgan tovarlar boʻyicha cheklangan summa 10 baravar kam boʻlib, ekv. 5 000 AQSh dollarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etadi.

 

Bunda tadbirkorlik sub’yektlari хorijiy koʻrgazma va yarmarkalarda sotilmagan tovarlarning qayta olib kirilishi uchun, shuningdek ularni sotishdan tushgan mablagʻlarning toʻliq kelib tushishi uchun javobgar boʻladilar.

 

Shuni ham eslatib oʻtamizki, 2019 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy shaхslar qiymati 5 000 AQSh dollaridan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirgan holda mamlakatimiz tashqarisiga olib chiqishlari mumkin (batafsil qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.