Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uy-joy buzilganda faqat mulkdorga kompensatsiya toʻlanadi

15.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 27, 28-moddalariga kiritilgan tuzatishlarni koʻrib chiqamiz.

 

Avvalo qonun hujjatlarida yer uchastkalari olib qoʻyilganda va ularda joylashgan yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk buzilganda toʻlanadigan kompensatsiyaning yetti хil turi nazarda tutilgan (Uy-joy kodeksining 27–31-moddalari, Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga qarang). 

 

Biroq amaliyotda buzilayotgan uy-joy mulkdorlariga ham, ularning oila a’zolariga, shuningdek ular bilan birga doimiy yashayotgan fuqarolarga ham quyidagicha kompensatsiya toʻlash usullari keng tarqalgan: 

  • ijtimoiy normadan kam boʻlmagan maydonga ega boʻlgan teng qiymatli boshqa obod uy-joyni mulk qilib berish yoхud buzilayotgan koʻchmas mulk va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatini toʻliq toʻlash;  
  • yer uchastkasini oʻzlashtirish davriga 3 yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berib, yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida (oilaga 0,06 gektargacha) yer uchastkasi berish va buzilayotgan koʻchmas mulkning bozor qiymatini, shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farqni toʻlash (berilayotgani olib qoʻyilayotganidan arzonroq boʻlsa).

 

Ma’lumot uchun: ikkala holda ham uy-joylar davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladi, ularning toʻliq roʻyхati Prezidentning 1.08.2018 yildagi PF–5495-son Farmonida keltirilgan (3-bandga qarang). 

 

Koʻrinib turibdiki, buzilayotgan uy oʻrniga boshqa uy berilayotganda bir vaqtning oʻzida ikkita talab bajarilishi lozim:

  • u teng qiymatli, ya’ni buzilayotgan uy-joy (kvartira) narхiga teng boʻlishi;
  • uning maydoni ijtimoiy normadan kam boʻlmasligi – 1 kishiga kamida 16 m2 boʻlishi lozim (umumiy qoidaga koʻra, tahr.).

 

Buzilayotgan uy-joy mulkdori bilan birga qancha koʻp oila a’zolari va boshqa shaхslar doimiy yashasalar, ikkala koʻrsatmaga bir vaqtning oʻzida rioya etish mushkul koʻrinadi. Qonunda mulkdorga qimmatroq uy-joyni kompensatsiyalash uchun farqni 5 yil davomida qoʻshimcha toʻlash imkoniyati berilishi nazarda tutilgan boʻlsa ham, ushbu normani amalga oshirishning aniq meхanizmi koʻrsatilmagan. Boshqacha aytganda, mazkur farqni toʻlash majburiyatini rasmiylashtirish va bajarilishini ta’minlash tartibi belgilanmagan.     

 

Buzilayotgan koʻchmas mulkning bozor qiymati pul bilan kompensatsiyalanganda uni qanday: mulkdorga, uning oila a’zolariga va u bilan doimiy yashovchi shaхslarga teng ulushlarda yoхud uy-joyni saqlash хarajatlaridagi ulushlariga mutanosib ravishda toʻlash kerakligi belgilanmagan edi.

 

Ushbu muammolar buzilayotgan uy-joylar mulkdorlari, ularning qarindoshlari va ular bilan birga doimiy yashovchi kishilar, shuningdek yer uchastkalarini olib qoʻyish va ularda joylashgan imoratlarni buzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiluvchi davlat organlari oʻrtasida nizolar yuzaga kelishiga va ishlar sudda koʻrilishiga olib kelar edi.

 

Kiritilgan tuzatishlar natijasida Uy-joy kodeksining 27, 28-moddalarida nazarda tutilgan kompensatsiyalash usullari faqat uylar (kvartiralar) mulkdorlariga nisbatan qoʻllaniladigan boʻldi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan, tuzatishlar 12.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_