Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Oʻyinchilar va garovlarning yagona reyestri nima uchun yaratiladi

11.07.2025

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 07.07.2025 yildagi 3639-son buyrugʻi bilan Oʻyinchilar va garovlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 

 

Hujjatga muvofiq, Oʻyinchilar va garovlarning yagona davlat registrini yuritishning quyidagi vazifalari belgilandi:

  • oʻyinlarni tashkil etishda moliyaviy operatsiyalarning konsolidatsiyalashgan hisobi va nazorati;
  • oʻyinlarni tashkil etishda davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlarni toʻplash (shakllantirish), saqlash, tizimlashtirish va taqdim etish;
  • oʻyinlarni tashkil etishda oʻyinchilar va investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • oʻyinlarni tashkil etishda noqonuniy faoliyatning oldini olish, oʻyinlarga qaramlik koʻrinishlarining oldini olish va kamaytirish.

 

Registrning asosiy funksiyalari:

  • jismoniy va yuridik shaхslarning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
  • oʻyinchilar, oʻyinlar va tadbirlar tashkilotchilari haqidagi ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlash;
  • barcha tranzaksiyalarni, jumladan, mablagʻlarni qabul qilish, yutuqlarni toʻlash, stavkalar, ularning natijalari va qaytarishlarni hisobga olish;
  • oʻyin bozori dinamikasi va hajmlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni shakllantirish;
  • oʻyinchilar va investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish va boshqalar.

 

Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator –"UZINFOCOM" MChJ registr operatori hisoblanadi.

 

Reyestr quyidagi reyestrlardan iborat:

  • Oʻyinchilarning yagona reyestri;
  • Cheklovlar (taqiqlar), shu jumladan garov oʻynashda yoki onlayn oʻyinlarda sarflanishi (yutqazilishi) mumkin boʻlgan pul mablagʻlari summasiga limitlarning yagona reyestri;
  • Sotib olingan lotereya biletlari, garov oʻynashda olingan pul mablagʻlari va onlayn oʻyinlarga investitsiya qilingan pul mablagʻlari bilan bogʻliq moliyaviy operatsiyalar reyestri;
  • Yutuqlarni toʻlash reyestri.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova