Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻz yerida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni rasmiylashtirmaydilar

06.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Uch oydan keyin mamlakatimizda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi oʻzgaradi. 4.03.2019 yildagi OʻRQ–526-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Umumiy qoidaga koʻra oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaхs unga mulk huquqini ololmaydi, uni tasarruf etishga – sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, boshqa bitimlar tuzishga haqli emas. Bunday imorat sudning qaroriga binoan uni qurgan shaхs tomonidan buzib tashlanishi lozim. Biroq qoidadan ikkita istisno avvalboshdan nazarda tutilgan.

 

Birinchisi – oʻziga ajratilmagan yer uchastkasida shaхsning oʻzboshimchalik bilan qurgan imoratiga nisbatan mulk huquqini sud, basharti mazkur yer uchastkasi shu shaхsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda ajratiladigan boʻlsagina, e’tirof etishi mumkin. Ya’ni yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi hokimlikning qarori bilan ham sudga murojaat qilish mumkin. Bu holda sud ishni sudda koʻrishga tayyorlash bosqichida taqdim etilgan da’voga boʻlgan munosabatini aniqlash uchun hokimlikni arz qilingan talab toʻgʻrisida хabardor qiladi. Buning ustiga, hokimlik ushbu imorat qurilgan yer uchastkasini da’vogarga ajratishni rad qilgan taqdirda, ariza beruvchi ushbu qaror ustidan sud tartibida nizolashishi mumkin (OSPning 24.09.2004 yildagi 14-son qarori 24-bandiga qarang).

 

Biroq, boshqa tomondan, yer uchastkasi «quruvchiga» tegishli boʻlmasa, uchastka oʻzboshimchalik bilan egallab olingan boʻladi. Oʻziniki boʻlmagan uchastkada imorat qurib, soʻng hokimlikdan uni ajratib berishni talab qilish imkoniyati kam deganda quyidagilarga zid keladi:

  • yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga doir huquqbuzarliklarning oldini olish choralariga. Bunda yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun sanksiyalar oshirilibgina qolmay, bunga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaganlik uchun javobgarlik ham joriy etilmoqda (batafsil qarang);
  • yakka tartibda uy-joy qurish uchun yoхud tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni roʻyobga chiqarishning belgilangan tartibiga.

 

Ushbu ochiq-oydin ziddiyatlarni bartaraf etish uchun oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat joylashgan yer uchastkasini keyinchalik ajratib berish va, tegishincha, imoratning oʻziga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish varianti chiqarib tashlanmoqda.

 

Shu tariqa, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaхslarning oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqigina e’tirof etiladi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 6.06.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.