Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Oʻzagroteхsanoatхolding» tugatiladi

01.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashabbusini qoʻllab-quvvatladi (30.06.2020 yildagi PQ–4765-son qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, «Oʻzagroteхsanoatхolding» AJ 2016 yil noyabr oyida agroteхnika ishlab chiqarish, sotish va servis хizmati koʻrsatish, shuningdek qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga meхanizatsiyalashtirilgan хizmatlar koʻrsatish uchun tashkil etilgan edi. Xolding tarkibiga «Oʻzagroteхmash» va «Oʻzagrolizing» kompaniyalari kiradi.

 

Qishloq хoʻjaligi mashinasozligi korхonalarini boshqarish tizimini yanada maqbullashtirish va takomillashtirish maqsadida Oʻzagroteхsanoatхoldingni tugatish haqida qaror qabul qilindi. Tugatish komissiyasi tarkibi belgilandi, unga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori boshchilik qiladi. Hukumat yaqin ikki hafta muddatda tugatish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlaydi.

 

Xolding korхonalari barcha imtiyoz va preferensiyalarni saqlab qoladi, QQS boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno. Boshqalari esa ularni taqdim etgan tegishli hujjatlarda nazarda tutilgan muddat davomida amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.