Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun 1 sentyabrdan faoliyat koʻrsatmayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tugatildi Quyosh panellari boʻyicha hisob yuritish tartibi Hisobdor shaхslar bilan hisob-kitoblar qanday hisobga olinadi

Oʻzbek madaniyati nufuzini oshirganlik uchun – koʻkrak nishoni

26.03.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.03.2019 yildagi 236-son qarori bilan «Madaniyat va san’at fidokori» koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

U bilan oʻzbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan va ushbu sohada yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.

 

Taqdirlash boʻyicha takliflar hududiy madaniyat boshqarmalariga har yili 1 oktyabrga qadar taqdim etiladi.

 

Madaniyat vazirligida nomzodlarning hujjatlari oʻrganilib, 1 dekabrga qadar eng munosib nomzodlarni taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Koʻkrak nishoni Yangi yil bayrami arafasida madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. Mukofotlanganlar 3 EKIH miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.