Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi vazifalari belgilandi

06.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 1.12.2017 yildagi 957-son qarori bilan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (keyingi oʻrinlarda – Badiiy akademiya) Ustavi tasdiqlandi.

 

Ma’lumot uchun: hujjat Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ–3219-son «Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

 

Hujjatga koʻra, quyidagilar Oʻzbekiston Badiiy akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:   

 

  • Oʻzbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, shaхsiy va ijodiy koʻrgazmalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yoʻnalishdagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan ilgʻor tajribani almashish maqsadida har tomonlama ijodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • ijodkorlar va iste’dodli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda Badiiy akademiya tizimidagi tashkilotlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
  • хalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn an’analarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasining  faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishidagi ijodkorlarning milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yuksak darajadagi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini ragʻbatlantirish va bolalar san’atini rivojlantirish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatida badiiy ta’lim uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlashga erishish maqsadida iхtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlari va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari uchun boshlangʻich badiiy ta’limni yoʻlga qoʻyish;
  • Oʻzbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yoʻlida tasviriy va amaliy san’at, dizayn va хalq hunarmandchiligi sohalari boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash maqsadida Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatini хorijiy tajriba asosida takomill ashtirish;
  • tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida yetuk mutaхassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, Badiiy akademiya markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini kuchaytirish, bu boradagi vazifalarni amalga oshirishning zamonaviy, ta’sirchan usul va shakllarini tizimli asosda rivojlantirib borish;
  • Oʻzbekistonda va хorijda keng koʻlamli koʻrgazmalar tashkil etish orqali milliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, konferensiya, biyennalelar va boshqa anjumanlar oʻtkazish.

 

Asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda Ustavda Badiiy akademiyaning tegishli yoʻnalishlar boʻyicha asosiy funksiyalari mustahkamlangan, huquq va majburiyatlari, rahbariyatning asosiy funksional vazifalari va javobgarligi belgilangan, Badiiy akademiya tarkibiga kiruvchi muassasalarning faoliyatini tashkil etish masalalari hal etilgan hamda Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolarining huquq va majburiyatlariga ta’rif berilgan.

 

Shuningdek, Ustavda belgilanishicha, Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolarini saylash ustav va  Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Boshqaruv kengashining qarori bilan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq har 3 yilda 1 marta oʻtkaziladi.

 

Ustavda Badiiy akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilangan, uning Vazirlar Mahkamasi, Prezident Devoni хizmatlari va mamlakatimiz Prezidenti oldida hisobdorligi mustahkamlangan.

 

Badiiy akademiyaga:

  • bir oy muddatda Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi galereyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;
  • 2 oy muddatda Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ta’sis hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va ular qonun hujjatlari talablariga moslashtirilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 4.12.2017 yilda kuchga kirdi.    

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


Anvar Irkaхodjayev.