Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston bir qator хalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi

03.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli qonunlar (2.10.2018 yildagi OʻRQ–491, OʻRQ–492 va OʻRQ–493-son) «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi.

 

Oʻzbekiston ratifikatsiya qilgan хalqaro hujjatlar sirasida:

 

  • Parij bitimi (Parij, 2015 yil 12 dekabr). Unda a’zo davlatlarning iqlimdagi global salbiy oʻzgarishlarga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi sa’y-harakatlari qayd etilgan. Bitimda yerdagi oʻrtacha harorat oshishiga yoʻl qoʻymaslik (sanoat rivojlangungacha boʻlgan davr bilan solishtirganda 2˚S dan past, imkon qadar – 1,5˚S dan yuqori emas), parnik gazlari chiqarishni cheklash va iqlimdagi oʻzgarish oqibatlariga qarshi kurashishda moliyaviy mablagʻlarni konsolidatsiyalash nazarda tutilgan.  

 

  • Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalari. Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (The Standards and Metrology Institute for the Islamic Countries, SMIIC) maqomi va faoliyatining asosiy jihatlarini belgilovchi asosiy hujjatlardir. Ushbu organ Islom hamkorlik tashkiloti doirasida faoliyat yuritadi, IHTga a’zo davlatlar oʻrtasida savdo hamkorligini rivojlantirish uchun yangi standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarni ular oʻrtasida kelishish boʻyicha ish yuritadi.

 

  • Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatish (Abidjan, 2017 yil 10–11 iyul).  

 

Eslatib oʻtamiz, хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oliy Majlis Senatining oʻtgan 16-nchi yalpi majlisi dasturiga kiritilgan edi. Unda Parlamentning yuqori palatasi 14 ta qonunni tasdiqladi (batafsil qarang). Ayni paytda «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun ham e’lon qilindi (bu yerga qarang).

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_