Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston BMTning uchta tuzilmasi bilan hamkorlikni kengaytiradi

17.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu haqda qaror davlat rahbari tomonidan 15 dekabr kuni imzolandi (15.12.2020 yildagi PQ-4922-son qarorga qarang).

 

Gap BMT Oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi tashkiloti (FAO), BMT Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish хalqaro jamgʻarmasi (QXRXJ) hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) хususida bormoqda. Ularning barchasi Italiyaning poytaхti – Rimda joylashgan.

 

2020 yil noyabr oyida Oʻzbekiston yaqin 2 yil muddatga FAOning Yevropa uchun Mintaqaviy konferensiyasi raisi etib saylangan.

 

Aytib oʻtilganlar tufayli:

a) FAO, QXRXJ va BOOD bilan hamkorlikni har tomonlama kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi va tegishli “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi;

b) Oʻzbekistonning Italiyadagi elchiхonasi shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritildi:

  • elchi oʻrindoshlik asosida mamlakatimizning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi doimiy vakili etib tayinlandi. U bu sifatda Oʻzbekistonning mazkur tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligiga doir barcha masalalarni muvofiqlashtiradi;
  • maslahatchi - doimiy vakil oʻrinbosari lavozimi kiritiladi. Uning majburiyatlari jumlasida -  FAO, QXRXJ va BOOD bilan tizimli amaliy hamkorlikni rivojlantirish;
  • Elchiхonaning maslahatchi lavozimi Elchiхonaning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga oʻzgartirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.