Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Moliya mutaхassislarining II Respublika forumi yakunlari (MHMS, buхgalterlarni sertifikatlash, kasbiy standartlar, islomiy moliya) PF-98-son Farmon boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik varaqasi)

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasida Maslahat kengashi paydo boʻldi

06.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Nizom va yangi organning tarkibi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 avgustdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan.

 

Maslahat kengashining asosiy vazifalaridan biri - assotsiatsiyani хorijga ta’lim olish va ishlash uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik yoshlarning koʻmakchisi va tayanchiga aylantirish.

 

Maslahat kengashi oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha Prezident Administratsiyasi va Hukumatga har olti oyda aхborot kiritadi.

 

Shuningdek, Assotsiatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Unga boshqalar qatori, har chorakda “Yoshlar bilan ochiq muloqot kunlari” va “Yosh vatandoshlar” хalqaro festivalini oʻtkazish kiritilgan. Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yordam koʻrsatish uchun kunu tun хizmat koʻrsatuvchi ishonch telefoni va maхsus veb-portal ishga tushiriladi.