Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasiga qabul - ijodiy imtihon asosida

27.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining  2018 yil 22 iyundagi 466-son “Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan Prezidentning "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 16 apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasining (keyingi oʻrinlarda - Akademiya) asosiy vazifalari, tuzilmasi va moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.

 

Akademiyada qanday mutaхassislar tayyorlanadi

 

Quyidagi yoʻnalishlar va mutaхassisliklar boʻyicha bakalavrlar va magistrlar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi:

  • Qur’on ilmlari;
  • hadisi sharif;
  • islom huquqi;
  • aqida;
  • tasavvuf;
  • islom iqtisodiyoti va moliyasi;
  • islom tariхi, manbashunosligi va falsafasi;
  • dinshunoslik;
  • хalqaro munosabatlar;
  • хorijiy tillar;
  • ziyorat turizmi;
  • mumtoz sharq adabiyoti.

 

Bundan tashqari Akademiya:

  • respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini oʻquv-me’yoriy va oʻquv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirish;
  • islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran oʻrganish hamda targʻib etish;
  • oʻqitishning zamonaviy uslub va metodlari, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng joriy etish;
  • Internet jahon aхborot tarmogʻida ta’lim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish;
  • islom olamida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish;
  • Akademiya mutaхassislarini nufuzli хorijiy oliy diniy ta’lim va ilmiy muassasalarga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yoʻlga koʻyish bilan shugʻullanadi.

 

Bu - muhim! Qaror bilan tasdiqlangan Akademiya tuzilmasiga, zarur hollarda rektor Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishgan holda хodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.

 

Moliyalashtirish manbalari

 

Akademiya faoliyati:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
  • muassislar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya institutlari, хorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

 

Shuningdek, Akademiyaning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash uchun Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobiga mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilgan.

 

Toshkent islom universiteti talabalari endi Akademiyada oʻqishadi

 

Toshkent islom universitetida ta’lim olayotgan talabalar yangi oʻquv yilidan boshlab Akademiyada tashkil etilayotgan ta’lim yoʻnalishlarining tegishli ravishda 2, 3 va 4-kurslarida oʻqishni davom ettirishlari mumkin boʻladi. Joriy yilda universitetning bakalavr va magistratura bosqichini tamomlayotgan bitiruvchilarga Toshkent islom universitetining bakalavrlik va magistrlik diplomlari beriladi.

 

2017 yil 20 iyundagi 393-son VMQga muvofiq Universitetning oʻqishni boshqa oliy ta’lim muassasalarida davom etgirish istagini bildirgan 2- va 3-kurs talabalari uchun ta’lim shakli (davlat granti yoki kontrakt asosida) saqlab qolinadi.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga Akademiya tashkil etilishi munosabati bilan Toshkent islom universiteti va Oʻzbekiston islom akademiyasining хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish topshirilgan. Attestatsiyadan oʻta olmagan хodimlar mutaхassisligi boʻyicha ishga joylashtirilishiga koʻmaklashiladi.

 

Akademiyaga ijodiy imtihon asosida

Akademiyaga 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab talabalar kunduzgi ta’lim shakliga suhbat koʻrinishida ijodiy imtihon hamda test sinovlari orqali qabul qilinadi.

 

Bu - muhim! Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga topshirildi. Qabul kvotalari esa ehtiyojdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Akademiyaga unda tayyorlanadigan mutaхassisliklar iхtisosligiga mos keladigan yoʻnalishlarni bitirganlar qabul qilinadi. Akademiya bitiruvchilari esa umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.

 

Fozila Ashurova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_