Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining Yoshlar bilan ishlash kengashiga a’zo boʻldi

01.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Mamlakatimiz MDH ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimiga qoʻshiladi (20.03.2020 yildagi PQ-4646-son qarorga qarang).

 

Bitim 2005 yil 25 noyabrda Moskva shahrida MDH Hukumatlararo kengashi yigʻilishida imzolangan, 2011 yil 19 mayda Minsk shahrida oʻtkazilgan shunday yigʻilishda Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan (bayonnoma bilan rasmiylashtirilgan).

 

Hujjat yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga, hamkorlik sohasidagi munosabatlarni kuchaytirish boʻyicha davlat organlari va yoshlar tashkilotlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Bitim ishtirokchilari buning uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar. Bular yoshlar bilan ishlash sohasida davlatlararo dasturlarni va alohida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, malakali kadrlarni tayyorlash, aхborot almashinuvi va hamkorlikdagi ilmiy ishlanmalarga tatbiq etilishi mumkin.

Yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun MDH ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash kengashi faoliyat yuritadi. Ushbu sohadagi hamkorlik organi ishtirokchi-davlatlarning vakolatli vakillari (har biridan 2 nafardan) – tegishli davlat organlari rahbarlari va yoshlar jamoatchilik birlashmalari vakillaridan shakllantiriladi. Kengashda har bir davlat bittadan ovozga ega boʻladi.

 

Kengash yigʻilishi zarurat boʻlganda, biroq bir yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. Kengashning kamida uchta a’zosining roziligi bilan navbatdan tashqari yigʻilishi chaqirilishi mumkin. Masalani muhokama qilishda ishtirok etadigan vakolatli vakillarning 2/3 ovozi bilan qarorlar qabul qilinadi va ular tavsiyanoma tusiga ega boʻladi. Kengash qaroridan norozi boʻlgan a’zolar oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin va ular yigʻilish bayonnomasiga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.