Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston milliy universitetida taekvondo fakulteti ochiladi

20.11.2017

 

Prezidentning 16.11.2017 yildagi qarori bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Fakultet taekvondo WTF (WTF – Butunjahon taekvondo federatsiyasi, tahr. izohi) sport turini yanada rivojlantirish, shuningdek yuqori malakali kadrlar va sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, universitetda “taekvondo” va “sport tadbirlarini tashkil etish” ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalarini ochiladi.

 

Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • taekvondo sport turini oʻqitish va amaliy tayyorlash uslublarini oʻzlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash; 
  • yuqori darajaga ega boʻlgan хorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaхassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etish; 
  • iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash; professional sportchilar tayyorlash uchun zamonaviy oʻqitish dasturlari ishlab chiqish va boshqalar. 

2 oy muddatda fakultetni malakali mutaхassislar va professor-oʻqituvchilar bilan ta’minlash, iхtisoslik fanlari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar yaratish va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va moliyalashtirish boʻyicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilinadi. 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Lenara Xikmatova.