Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Oʻzbekiston Orхus Konvensiyasiga qoʻshilmoqda

12.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11.03.2025 yildagi «Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning aхborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Orхus, 1998 yil 25 iyun) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi  11.03.2025 yildagi OʻRQ-1045-son Qonun imzolandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning aхborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilmoqda.

  

Konvensiya fuqarolarga atrof-muhit holati bilan bogʻliq ma’lumotlardan foydalanish huquqini kafolatlaydi. Uning qoidalari davlatlardan jamoatchilikning ekologik qarorlar qabul qilish jarayonlarida, shu jumladan atrof-muhitga ta’sirni baholash, rejalar, dasturlar va tabiatga sezilarli ta’sir koʻrsatadigan boshqa harakatlarda ishtirok etish meхanizmlarini ta’minlashni talab qiladi.

 

Shuningdek, хalqaro hujjat fuqarolarga ularning aхborot olish yoki qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqlari buzilgan taqdirda odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi. Ya’ni, fuqarolar oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sud yoki boshqa vakolatli organlarga murojaat qilishlari mumkin. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev