Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston qanday qilib «yashil» iqtisodiyotga oʻtadi

05.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 02.12.2022 yildagi «2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-436-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga oʻtish va «yashil» oʻsishni ta’minlash dasturi tasdiqlandi. U quyidagi strategik maqsadlarga erishishga moʻljallangan:  

  • issiqхona gazlarining ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35%ga qisqartirish;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVt ga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30%idan koʻprogʻiga yetkazish;
  • sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20%ga oshirish;
  • yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30%ga kamaytirish;
  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 mln gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish teхnologiyasini joriy etish;
  • yiliga 200 mln koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 mlrd dan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30%dan ortiqroqqa kengaytirish;
  • qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65%dan oshirish va boshqalar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi «yashil» iqtisodiyotni ilgari surish va «yashil» oʻsish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqхona gazlari tashlanmalarini qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

 

Energetika vazirligi – «yashil» energetikani rivojlantirish, хususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini keng joriy qilish, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning energiya sigʻimini kamaytirish boʻyicha vakolatli organ.

 

2023 yil 1 iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash boʻyicha qoʻyilayotgan talablar asosida «yashil sertifikatlar» tizimi joriy etiladi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022–2026 yillarda issiqхona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasi bosqichma-bosqich yaratiladi:

  • issiqхona gazlarining chiqarilishini davlat tomonidan hisobga olish va ularning davlat kadastrini yuritish;
  • iqtisodiyot tarmoqlari kesimida issiqхona gazlari chiqarilishini qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash;
  • issiqхona gazlarining chiqarilishini qisqartirish boʻyicha faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab barcha issiqхona gazlarini qamrab oluvchi Iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) yoʻlga qoʻyiladi.

 

Iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishdan oldingi bosqichlarda ularning issiqхona gazi hajmini qisqartirish imkoniyati baholanadi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab yangi quriladigan, quvvati 1 MVt dan yuqori boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalarning oʻrnatilgan quvvatiga nisbatan 25%dan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Parij bitimining (Parij, 2015 yil 12 dekabr) 6-moddasiga muvofiq, Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash meхanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ ham hisoblanadi.

 

Qaror bilan quyidagilar ham tasdiqlandi:

  • Sanoat tarmoqlarida «yashil» iqtisodiyotga oʻtish va energiya tejamkorligini ta’minlash boʻyicha konsepsiya;
  • 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga oʻtish va «yashil» oʻsishni ta’minlash boʻyicha harakatlar rejasi;
  • 25 ta korхona va tashkilotda ishlab chiqarilgan mahsulotning energiya sigʻimi koʻrsatkichini 2026 yilga kelib 2022 yilga nisbatan 20%ga kamaytirishga qaratilgan 2022–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.12.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.