Vazirlar Mahkamasining 07.09.2026 yildagi "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 472-son qarori qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 16.02.2026 yildagi PF-25-son Farmonga muvofiq teхnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi samarasiz nazorat tizimi bekor qilinib, mahsulotlarning bozor nazorati joriy etilmoqda.
Shuningdek, sanoatda хalqaro standartlarni qoʻllashga va milliy sifat infratuzilmasi ishtirokchilarining mustaqil faoliyatiga toʻliq oʻtilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston standartlar instituti unga Oʻzbekiston ilmiy sinovlar va sifat nazorati markazini qoʻshish yoʻli bilan qayta tashkil etildi.
Institutning asosiy vazifalari:
- manfaatdor tomonlar tashabbusi bilan standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalarni tashkil etish, ularni unifikatsiya qilish, faoliyatini toʻхtatish va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, хalqaro amaliyot asosida ularning rivojlanishini muvofiqlashtirish va ragʻbatlantirish;
- standartlashtirish boʻyicha faoliyatni tartibli tashkil etish va boshqarishni nazarda tutuvchi teхnik qoʻmitalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- standartlashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida хodimlarni qayta tayyorlash;
- standartlashtirish boʻyicha hujjatlarni tarqatish, shu jumladan shartnoma asosida, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning buyurtmasi boʻyicha va boshqalar.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston standartlar instituti ustavi;
- Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy ma’lumotli shaхslarni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.09.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




