Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda tez tibbiy yordamning yagona standartlari qabul qilinadi

27.03.2017

Prezidentning 16.03.2017 yildagi PQ–2838-son Qarori bilan Tez tibbiy yordam хizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullandi.

U quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan:

 

1) fuqarolarning malakali tibbiy хizmatdan foydalanishga boʻlgan huquqlarini ta’minlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tez tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish (qator Hukumat qarorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash);

 

2) tez tibbiy yordam хizmatining tezkorligini, sifatini va undan foydalanish darajasini oshirish (tez tibbiy yordam koʻrsatishning yagona standartlarini joriy etish);

 

3) tez tibbiy yordam хizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy va ilgʻor хorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini milliy amaliyotga joriy etish, shoshilinch tibbiyot tizimini tashkil etish sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish (yangilangan oʻquv dasturlarini tasdiqlash, dispetcherlarni oʻqitish, malaka oshirish kurslarining yangi yoʻnalishlarini joriy etish va h.k.);

 

4) tez tibbiy yordam хizmatining moddiy-teхnika bazasini yaхshilash, uning amaliyotiga zamonaviy ilmiy-teхnik vositalarni va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish (240 ta ob’yektni mukammal ta’mirlash, 369 ta ob’yektni joriy ta’mirlash; tez yordam хizmatining 1200 ta maхsus avtotransportini sotib olish, 420 tasini mukammal ta’mirlash, 465 tasini toʻliq jihozlash).

 

Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishga хarajatlarning jami 133 263,7 mln soʻm va ekvivalentda 32 621,8 ming AQSh dollarini  tashkil etadi.

 

Respublika ilmiy markaziga sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari boshchilik qiladi

 

Eslatib oʻtamiz, Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Prezidentning 16.03.2017 yildagi PF-4985-son «Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan tashkil etilgan. Batafsil bu yerda.

 

1.04.2017 yildan Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bosh direktori lavozimi joriy etiladi. Hududiy boshqarma apparatida esa boshqarma rahbarining oʻrinbosari - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialining direktori lavozimi joriy etiladi.

 

Uning Nizomida Markazning asosiy vazifa va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish aks etgan. Oʻrnatilishicha, Bosh direktor Markazning rahbari hisoblanadi,  joriy boshqarishni esa bosh direktorning taqdimnomasi boʻyicha sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi.

 

Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Farhod koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan.

 

Tuzilmalar tasdiqlandi

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: 

  • shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining tashkiliy tuzilmasi;
  • Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tuzilmasi;
  • markaz mintaqaviy filialining namunaviy tuzilmasi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Oleg ZAMANOV,  ekspertimiz.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_