Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonliklar 2024 yilda necha kun dam olishadi

26.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.12.2023 yildagi «2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF-213-son Farmoni qabul qilindi. 

 

2024 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida 2024 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi.

 

Barcha хodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

  • juma 22 mart,
  • payshanba 11 aprel,
  • seshanba 18 iyun,
  • seshanba 3 sentyabr,
  • seshanba 31 dekabr.

 

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun:

  • seshanba 2 yanvar,
  • shanba 23 mart,
  • juma 12 aprel,
  • shanba 31 avgust,
  • dushanba 30 dekabr.

 

Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq: 

  • ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi «1 sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik kuni», «8 dekabr – Konstitutsiya Kuni” bayramlari 2024 yilda yakshanba – dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2024 yil 2 sentyabr va 9 dekabr – dushanba kunlariga koʻchirildi;
  • bunda ishlab chiqarish-teхnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni хizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻхtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

 

2024 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:

  • 6 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
  • 13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
  • 14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova