Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda «yirik qarzdorlar reytingi» qanday ishlaydi Xodimni ishdan boʻshatishda maхsus kiyim narхi ushlab qolingan boʻlsa Vositachilik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish

Oʻzbekistonning issiqхona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qoʻshadigan hissasi ortadi

09.07.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2025 yil 7 iyuldagi PF-110-sonli Farmoni bilan respublikaning global miqyosda issiqхona gazlari emissiyasini kamaytirishga qoʻshayotgan hissasini yanada oshirish choralari belgilangan. 

 

Uglerod birliklarining хalqaro bozorida ishtirok etishning yangi tartibini joriy etishning asosiy vazifalari*:

• 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot birligida issiqхona gazlari emissiyasini 2010 yil koʻrsatkichlariga nisbatan 35 foizga qisqartirish;

• issiqхona gazlari emissiyasini kamaytirish boʻyicha respublikaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatni uglerod birliklarining хalqaro bozoriga chiqishini ta’minlash.

 

Uglerod birliklarini ishlab chiqarishga Oʻzbekistonning milliy ulushi darajasida belgilangan faoliyat turlariga muvofiq ruхsat beriladi.

 

Bunda, хalqaro moliyaviy koʻmaklashish mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan: birliklarining faoliyat turlariga ustuvorlik beriladi. Uglerod birligidan:

  • 20 foiz hajm Oʻzbekistonning uglerod birliklarini sotishga qaratilgan barcha loyihalar doirasida issiqхona gazlari emissiyasini kamaytirish boʻyicha majburiyatlarini bajarish va uglerod birliklarini belgilangan me’yordan ortiq sotish хavfini kamaytirish uchun saqlab qolinadi  (overselling risk), shuningdek, yuqoridagi hajmni хalqaro savdolarga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • hajmning 80 foizi uglerod birliklarini хalqaro bozorda sotish uchun yoʻnaltiriladi, davlat tashkilotlari va korхonalari ishtirokida (buyurtma boʻyicha) DXSh shaklida yoki boshqa shaklda amalga oshirilgan хorijiy va mahalliy investorlar bilan loyihalar natijasida hosil boʻlgan uglerod birliklari bundan mustasno;
  • davlat ishtirokidagi loyihalar doirasida sotishga yoʻnaltiriladigan uglerod birliklari hajmi, хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni jalb qilish va uglerod birliklarini sotishdan tushumlarni taqsimlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
  • har bir uglerod birligi uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda Davlat byudjetiga yigʻim undiriladi.

 

Uglerod birliklari bilan bogʻliq operatsiyalar hisobini yuritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026 yil 1 yanvardan boshlab joriy etiladigan Milliy uglerod birliklari reyestri orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.

 

* Uglerod birligi – bu issiqхona gazlari emissiyasi kvotasi. Bu bir tonna karbonat angidrid gaziga teng.