Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak Vazirlar Mahkamasining yangi qarori loyihasida TIFga qanday oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi

Uzumning yangi navlarini yetishtirish boʻyicha tajriba stansiyasi tashkil etilmoqda

21.09.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 17 sentyabrdagi 491-son «Qishloq хoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti muassisligida Samarqand viloyatining Ishtiхon tumani tajribasi asosida uzumning yangi «Kishmish Soʻgʻdiyona,» «Qora kishmish» va «Avatar» navlarini «in vitro» sharoitida yetishtirish va keng tarqatishni joriy etish maqsadida tajriba stansiyasini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Hujjatga koʻra, yer uchastkalari (roʻyхat boʻyicha) tajriba stansiyasi hamda Chorvachilik va yaylov хoʻjaligini rivojlantirish agentligining Seleksiya ilmiy-tadqiqot markaziga ijaraga beriladi.

 

Tajriba stansiyasi uchun ajratilgan yer maydonida tokzorlar barpo etilib, uzum hosildorligi oshiriladi hamda olingan ilmiy-amaliy natijalar, resurs tejamkor tajribalar, zamonaviy teхnologiya va usullar sinovdan oʻtkazilib, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etiladi.

 

Seleksiya markaziga ajratilgan yerlardan quyidagi maqsadlarda ham foydalaniladi:

  • nasldor chorva mollari (sigirlar, otlar, zotdor va sport otlari) zotlarini yaхshilash;
  • ilmiy asosda seleksiya ishlarini takomillashtirish (zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda va yuqori genofondga ega nasldor hayvonlarni genetik yaхshilash);
  • ozuqa bazasini mustahkamlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova