Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vaksinatsiyadan bosh tortganlik uchun – ishdan chetlashtirish

10.08.2021

Rus tilida oʻqish

2.08.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-705-son Qonun qabul qilindi.

 

Ushbu hujjat bilan «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunga hamda Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

«Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunda 28-«Fuqarolarning roziligiz tibbiy хizmatlar koʻrsatish» moddasi «Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam koʻrsatish, profilaktik emlash» deb qayta nomlandi. Ushbu modda 2-qism bilan toʻldirildi, unga muvofiq karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan taqdirda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish joriy etilishi mumkin.

 

Mehnat kodeksining 113-«Ishdan chetlashtirish» moddasi 3-qismi yangi norma bilan toʻldirildi, unga muvofiq хodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari boʻyicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasal-liklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan taqdirda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan oʻtishni rad etgan taqdirda (sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmaganda) ish beruvchi uni ishga qoʻymaslikka haqli.

 

Hujjat 3.08.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.