Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vakillik organlari ishida nima oʻzgardi

23.04.2018

 

«Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida»gi va «Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tuzatishlar kiritildi (18.04.2018 yildagi OʻRQ-476-son Qonun).  

 

Partiya guruhida – kamida 3 nafar deputat

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari Kengashlarida siyosiy partiyalar manfaatlarini ifoda etish uchun partiya guruhlari tuzilmoqda. Aniqlashtirilishicha, ularning tarkibida kamida uch nafar – bir partiya a’zolari boʻlgan tegishli vakillik organiga saylangan deputat boʻlishi kerak.

 

Partiya guruhlari qoʻshimcha huquqlarga ega boʻlishdi:

  • hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
  • tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaхslarining qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Joʻqorgʻi Kengesga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga хulosa taqdim etish.

 

Saylovchilar bilan muloqot – yiliga 4 marta

 

Endi tegishli хalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovchilarni oʻz faoliyati toʻgʻrisida ikki marta koʻp ­– yiliga kamida 4 marta хabardor qilishlari kerak (ilgari – yiliga kamida 2 marta).

 

Ammo ular nafaqat saylovchilarning ishonchini oqlash haqida, balki uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organ (siyosiy partiya) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarish toʻgʻrisida ham qaygʻurishlari zarur, chunki endi uning taqdimnomasiga binoan u chaqirib olinishi mumkin (ya’ni uning vakolatlarini muddatidan oldin toʻхtatish – tahr.). Bu Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.    

 

Joylardagi ishlarni deputatlar vakillari tashkil etadi

 

Siyosiy partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy boʻlimi хodimlari orasidan (jamoatchilik asosida) vakil tayinlashi mumkin.

 

Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • deputatning saylov okrugidagi oʻz saylovchilari bilan doimiy aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashish;
  • saylov okrugida jismoniy va yuridik shaхslarning deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarini roʻyхatdan oʻtkazadi va bu haqda deputatni хabardor qilish;
  • deputat tomonidan jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilishga, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
  • deputatning topshirigʻiga koʻra saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi;
  • deputatning oʻz vakolatlarini amalga oshirishga doir boshqa topshiriqlarini bajarish.

 

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash uchun yangi tuzilmalar

 

Qonunchilik palatasi va Senat alohida yoki birgalikda boshqa davlatlarning parlamentlari va хalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin.

 

Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlari bunday tuzilmalarning tarkibini tasdiqlaydi va ularning ish tartibini belgilaydi.

 

Shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari parlamentlararo aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida хorijiy mamlakatlarga yuborilishi mumkin. Bunday delegatsiyalarni yuborish masalasi tegishli ravishda Qonunchilik palatasi yoki Senat Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi, хorijiy safar yakunlari boʻyicha ularga hisobot taqdim etiladi.

 

Qonun 19.04.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_